Eng boy, eng go‘zal, eng barkamol til

09 Oct, 2023 - 21:19
420
Eng boy, eng go‘zal, eng barkamol til

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

#ona_tilim_faxrim

Zarif inson So‘z qadriga yetadi. So‘zning mag‘zini chaqib, tub ildizini qidiradi. Insonni ulug‘laydigan, uni qaro yerdan osmonu falakka ko‘taruvchi fazilat bahramandlikdir. O‘z ona tilini sevmagan, til zamirida yotgan tarixni bilmagan, qiziqmagan odam barkamol sanalmas. U kim, qaysi yurt va qaysi millatga mansub ekanidan, o‘z ona tilining boyu kambag‘alligi, mayin yo dag‘alligidan qat’i nazar. O‘z tiling o‘z vataningdek aziz, o‘z onangdek tabarruk.

O‘zbek tilim boshqalarga qandoq, bilmayman, lekin men uchun dunyodagi eng boy, eng go‘zal, eng barkamol til...

Erkin Vohidov,
O‘zbekiston xalq shoiri

“So‘z latofati” kitobidan

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash