“Zumrad va Qimmat” spektakli namoyish etildi

11 Oct, 2023 - 19:53
412
“Zumrad va Qimmat” spektakli namoyish etildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

O’zbek xalqi bolajonlarining eng sevimli ertaklaridan biri bu – “Zumrad va Qimmat” Qiziqarli sarguzashtlarga boy, yorqin xarakterlar, mehnatsevarlik, oila muqaddasligi, qalbi tozalik kabi ezgu g’oyalar singdirilgan ertak sahnada tomoshabinlar uchun yanada qiziqarli aksini topgan.

Bugun O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida Yunusobod tumani 274-umumiy o’rta ta’lim maktabining 1-4 sinf o’quvchilari uchun “Zumrad va Qimmat” spektakli namoyish etildi.

Sahnalashtiruvchi rejissyor To’lqin Mahmudov, rassom Yevgeniya Biserova, kompozitor Bahodir Zokirov, rollarda Zaynura Nig’matova, Dilnavoz Ahmedova, Shamsiqamar Mansurova, Yo’ldosh Ermatov.

Mazkur spektakl hozirda teatr repertuaridan o’rin olgan. Har namoyishda bolalar tomonidan iliq kutib olinadi va olqishlarga sazovor bo’ladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash