TURKSOYning navbatdagi yig‘ilishi

11 Oct, 2023 - 19:55
333
TURKSOYning navbatdagi yig‘ilishi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Ozarbayjonning Boku shahrida TURKSOY tashkilotining ekspertlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi vakili Sarvarbek Foziljonov ishtirok etayotgan mazkur yig‘ilish 40-doimiy Kengash Madaniyat vazirlari yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokamasi bilan boshlandi.
Shuningdek, yig‘ilish kun tartibida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Xususan, TURKSOY tashkilotining 2040-yilgacha bo‘lgan qarashlari hujjat loyihasi, 2024-yilda rejalashtirilgan tadbirlar rejasi, “TURKSOY elchisi” unvonini berish kabilar yuzasidan o‘zaro fikr-mulohaza va takliflar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan esa Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan 2024 yil tashkilot doirasida “Abdulla Qodiriy” yili hamda 2025 yilda Shahrisabzni “Turkiy dunyo madaniyati poytaxti” deb e’lon qilish taklifi bildirildi.
Majlis o‘z ishini davom ettiradi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash