"Yer yuzida bitta kitobxon qolgan bo'lsa ham, bu kimgadir bizning kerakligimizni anglatadi. Demak, biz hech qachon o'lmaymiz ..."     Abdulla Qodiriy

11 Oct, 2023 - 20:02
363
"Yer yuzida bitta kitobxon qolgan bo'lsa ham, bu kimgadir bizning kerakligimizni anglatadi. Demak, biz hech qachon o'lmaymiz ..."     Abdulla Qodiriy

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

O‘zbekiston Davlat yoshlar teatrida Abdulla Qodiriy asarlari asosida sahnalashtirilgan
“Adibni tinglang” nomli yangi spektakl Madaniyat vazirligining  Badiiy kengashiga taqdim etildi. 

Spektaklni rejissor Leyla Seyd-o‘g‘li sahnalashtirgan.

Sahnada sodir bo‘layotgan voqealar tomoshabinga adibning o‘ylari, bolalik xotiralari – hayotining eng baxtli kunlari haqida hikoya qiladi. 

O‘zbek xalqining buyuk farzandi, shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotidagi roman janri asoschisi, Julqunboy taxallusi bilan ijod qilgan Abdulla Qodiriy so‘nggi kunlarigacha komillikka intilib, ijodga nisbatan sof e'tiqod bilan yashadi.

Spektakl davomida tomoshabinlar adibning “Men kimman?” degan savollarga javob izlaganiga guvoh bo‘ladi. "Nega xalq meni Julqunboy (jangchi) deb ataydi?", "Chavandoz bo'laymi yoki yozuvchi?", "Ozodlik nima?" Adib o‘z oldiga shunday savollar qo‘yish orqali hayot haqiqatini qidiradi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash