“Behuda o‘tgan umr” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

14 Oct, 2023 - 12:23
315
“Behuda o‘tgan umr” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Toshkent viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda Zangiota tumani 21-sonli ayollar jazoni ijro etish koloniyasida “Behuda o‘tgan umr” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Uchrashuvda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi,  Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyati bo‘linmalari,   hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi  bo‘limi rahbarilari ishtirok etishdi.

Taniqli xonanda Shuhrat Daryo va Nargiza Azimovalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir qatnashchilariga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir so‘ngida esa tashkilotchilar tomonidan muassasa kutubxonasi uchun kitoblar to‘plami va sovg‘alar topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash