Madaniyat vazirligi g‘oliblar safida

14 Oct, 2023 - 14:00
261
Madaniyat vazirligi g‘oliblar safida

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" respublika tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. 

Quvonarlisi, tanlovning vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari o‘rtasidagi "Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim" yo‘nalishi bo‘yicha  Madaniyat vazirligi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Mukofotni madaniyat vazirining maslahatchisi Shavkat Ortiqov qabul qilib oldi. 

Fursatdan foydalanib, ushbu e'tirof bilan Madaniyat vazirligining ahil jamoasini samimiy muborakbod etamiz.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash