Ustozlar tomonidan “Mahorat darsi” o‘tkazildi

15 Oct, 2023 - 13:31
317
Ustozlar tomonidan “Mahorat darsi” o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentinining “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantrish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror  ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbek milliy maqom san’ati markazining ustozlari,  Abdurahmon Xoltojiyev, Gulbahor Erqulova, hamda Tohirjon Turg‘unovlar tomonidan  7-musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchi  hamda o‘quvchi yoshlar uchun “Mahorat dasri” tashkil etildi.

 Maqsadi o‘zbek maqom san’atini chuqur o‘rganish, o‘ziga xos ijro an’analarini yangi bosqichda ravnaq toptirish, uning “oltin fondi”ni yaratish, xalqaro nufuzini oshirish va keng targ‘ib qilishdan iborat.

Shuningdek, ustozlar, tomonidan o‘quvchi yoshlarga milliy maqom san’ati haqida tushunchalar berish bilan birga, asarlarni yanada mustahkamlash, mukammal ijro etish uchun bilim va ko‘nikmalar ham berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash