Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi turkiy dunyoda keng nishonlanadi

15 Oct, 2023 - 13:48
282
Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi turkiy dunyoda keng nishonlanadi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Xabar berganimizdek, Ozarbayjonning Shusha shahrida bo‘lib o‘tayotgan 40-TURKSOY doimiy Kengashining yig‘ilishi doirasidagi navbatdagi muhokamada qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Dastlab, TURKSOY xalqaro tashkilotining 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Shundan so‘ng, “TURKSOY nazari” loyihasi ko‘rib chiqilib, shu asosda kelgusida turkiy dunyo madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar va tashkilotda ish hajmining oshayotgani, hamkorlik doirasining kengayayotgani hisobga olinib, tuzilma tarkibini kengaytirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, kelgusi o‘n yillikka mo‘ljallangan “Yoshlar strategiyasi” doirasida TURKSOYga a’zo davlatlar ijodkor yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar almashildi. Bundan tashqari, 2025-yildan boshlab “Turkiy dunyo madaniyati poytaxti” maqomini alifbo bo‘yicha berish masalasi ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi. E’tiborlisi, turkiy dunyo davlatlari o‘rtasida tarixiy shaxslarni xotirlash, xususan, joriy yilda Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligini keng nishonlashga oid tadbirlar rejasi belgilandi.

Shu bilan birga turkiy xalqlarning moddiy va nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatini tuzish bo‘yicha ishchi komissiya tashkil qilishga kelishib olindi.
Shuning bilan ikki kun davomida TURKSOYga a’zo mamlakatlar madaniyat vakillari ishtirokidagi muhokamalar o‘z nihoyasiga yetdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash