O‘zbekiston davlat drama teatrida “Ishlaganday bo‘laylik” (Snos) spektaklining premyerasi o‘tkazildi

16 Oct, 2023 - 16:20
278
O‘zbekiston davlat drama teatrida “Ishlaganday bo‘laylik” (Snos) spektaklining premyerasi o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Spektakl Erkin A’zam qalamiga mansub “Farrosh kampirning tushi” pyesasi asosida O‘zbekiston davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston davlat drama teatrining bosh rejissori Olimjon Salimov tomonidan satirik fars janrida sahnalashtirildi. 

Pyesaning asosiy g‘oyasi - insonning hayotiy va ijtimoiy muammolari bilan kurashishida o‘z-o‘zini topishi va o‘ziga ishonishi haqidadir.

Premyeraga Prezident Administratsiyasi spichrayteri Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, rejissor Valijon Umarov, adabiyotshunos olim Shuhrat Rizayev, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining San’atni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Bahrom Usmonov va boshqa mehmonlar tashrif buyurishdi hamda teatr jamoasini samimiy tabriklashdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash