“Askiya sayli” nomli konsert dasturi o‘tkazildi

18 Oct, 2023 - 18:44
262
“Askiya sayli” nomli konsert dasturi o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida joylashgan harbiy qism  xodimlari va ularning oila a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Yusufjon Qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi hamda  so‘z ustalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirda  ustoz san‘atkorlar bilan bir qatorda O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktor o‘rinbosari Sanjar Xolxo‘jayev xonanda Asil Zoidov shuningdek, balet artisti Ra’no Toshpo‘latovalar ham o‘z chiqishlari bilan faol ishtirok etdilar.

Bayram dasturi so‘ngida san’atkorlar tashkilotchilar tomonidan “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash