Juzeppe Verdining “Bal maskarad” operasi

20 Oct, 2023 - 12:32
273
Juzeppe Verdining “Bal maskarad” operasi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan Juzeppe Verdining “Bal maskarad” spektakli premyerasi o‘tkazildi.

Sahnalashtirish ustida teatrning katta ijodiy jamoasi va Rossiya Federatsiyasidan taklif etilgan taniqli rejissor Aleksandr Titel to‘qqiz oydan ortiqroq vaqt davomida mehnat qilishgan. 

Orkestrni teatrning bosh dirijori maestro Denis Vlasenko boshqardi. Xoreografiya ustida esa Qoraqalpog‘iston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zamir Nurimbetov ishlagan. Teatrning yosh opera solistlari tomonidan ijro etilgan qahramonlar partiyalari, orkestr, xor va balet truppasining betakror ishi asarning bor go‘zalligini namoyon etdi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan yuksak e’tirof va olqishlar bilan qarshi olindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash