“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan — ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

21 Oct, 2023 - 10:02
240
“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan — ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan — ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining tarixi, buguni va kelajagi xususida gapirib, uning jahon tillari orasidagi mavqeyi va o‘ziga xosligiga to‘xtaldilar. Bundan tashqari o‘zbek tilining rivojlanish bosqichlarini aks ettirgan kichik sahna ko‘rinishi ham namoyish etildi. Tadbirning musiqiy qismida esa o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari asosida yaratilgan milliy kuy va ashulalarimiz O‘zMMSI talabalari tomonidan ijro etildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash