“Zarifaxonimga mehrim oshdi” -  Farida Umarova

21 Oct, 2023 - 11:03
273
“Zarifaxonimga mehrim oshdi” -  Farida Umarova

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida O’zbekiston xalq yozuvchisi Oybek ijodiy merosi va hayotiga bag’ishlangan “Barhayot yashagan chinor” spektakli sahnalashtirilmoqda.

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Farida Umarova spektaklda Zarifa Saidnosirova rolini ijro etdi.

“Oybek domla va Zarifa ayaning o’zaro muhabbati beqiyos, oilaga bo’lgan hurmat va ehtirom tuyg’ulari yuksak darajada bo’lgan. Ular bir-birini dardini so’zsiz tushunishgan. Oybek domlaga bo’lgan tuhmat va ig’vo xuddi Zarifaxonimni yuragiga sanchilgandek ta’sir qilgan. Bu ikki shaxsning vafo va sadoqatini yana alohida sahnaga olib chiqsa bo’ladi. Zarifaxonimga mehrim oshdi, bu ayolning keng dunyoqarashi va boy tafakkuri Oybek domlaga kuch bag’ishlagan!”

“Barhayot yashagan chinor” tarixiy dramasining ayni damda so’nggi repetitsiya jarayonlari ketmoqda, premyera esa tez orada bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash