Tavakkal Qodirov xotirasiga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi

22 Oct, 2023 - 15:32
238
Tavakkal Qodirov xotirasiga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

O‘zbekiston xalq artisti ulug‘ san'atkor Tavakkal Qodirov 1926-yilda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tavallud topgan. Yuzlab qo‘shiqlar muallifi va ijrochisi, milliy maqom hamda Xorazm maqom yo'lidagi ashulalarni mahorat bilan ijro etgan. 

T.Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan uchrashuvda ustozga tegishli bo'lgan torni shogirdi O'zbekiston xalq artisti, professor Sultonali Mannopov O'zbek milliy maqom san'ati markazida tashkil etilgan Maqom muzeyiga hadya etdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash