Matbuot anjumani o‘tkazildi

22 Oct, 2023 - 18:43
290
Matbuot anjumani o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida  Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar ko'rik-tanloviga bag'ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Maqsadi Halima Nosirovaning merosini davom ettirish, yosh operachilarni rag‘batlantirish va ularning iqtidorlarini kashf etishdir. Ko'rik-tanlovga 18-35 yoshdagi operachilar qatnashadi. Uchrashuvda teatr direktori Ramiz Usmonov moderatorligida, O'zbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi Rustam Abdullayev, O'zbekiston san'at arbobi Fazliddin Yakubjanov, O'zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov, Halima Nosirovaning qizi Nodra Nugmanova va boshqa oila a'zolari ishtirok etishdi.

 

Matbuot anjumanida ko'rik-tanlov yuzasidan savol-javoblar hamda Halima Nosirovaning hayoti va ijodi bilan bog'liq qiziqarli ma'lumotlar ijodkorning oila a'zolari tomonidan taqdim etildi.

Tanlov 21-26-oktabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrida o'tkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash