Xalqaro mug'om markaziga tashrif

23 Oct, 2023 - 12:59
223
Xalqaro mug'om markaziga tashrif

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori Anvar Tojiboyev Ozarbayjon Xalqaro mug‘om markazida bo‘lib, markaz faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 

Dastlab, har ikki davlatning ko‘hna va boqiy maqom (mug‘om) san'atini yanada taraqqiy qildirish, yosh avlodni tarbiyalashda uning imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, maqom san'atining xalqaro nufuzini oshirishdagi tashabbuslari, hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi. 

Shundan so‘ng, markaz direktori bilan  o‘zaro tajriba almashish, mug‘om va maqom san'atini yanada keng targ‘ib qilish yuzasidan  bilim va malaka almashish uchun xizmat qiladigan madaniy tadbir va muloqotlar tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Muloqot ozarbayjonlik mug‘om san'ati ustalarining kichik konsert dasturi bilan yakunlandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash