Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri gastrol safarida

24 Oct, 2023 - 18:21
238
Samarqand viloyati  qo‘g‘irchoq teatri gastrol safarida

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

 “Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”  qarori  ijrosini ta'minlash maqsadida  Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi o‘zining “Samarqand qo‘g‘irchoq teatri dunyo bo‘ylab” nomli ijodiy gastrol safari bilan Qozog'iston Respublikasi Chimkent shahar qo‘g‘irchoq va yosh tomoshabinlar teatriga tashrif buyurishdi. 

Shuningdek, teatrining ijodiy jamoasi Chimkentlik kichkintoy tomoshabinlar uchun ajoyib spektakllar hamda bir-biridan qiziqarli o‘yin kulgularga boy shoular  namoyish qilib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashishdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash