Ishchi guruh Sirdaryo viloyatida

24 Oct, 2023 - 19:03
253
Ishchi guruh Sirdaryo viloyatida

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Madaniyat vazirining tegishli buyrugʻiga asosan soha vakillaridan iborat ishchi guruhlar ayni kunlarda respublika hududlarida boʻlib, vazirlik tizimidagi tashkilot hamda muassasalar faoliyatini oʻrgangan holda, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan uslubiy koʻmak va amaliy tavsiyalar bermoqda.

Xususan, ishchi guruh Sirdaryo viloyatidagi oʻrganishlari davomida sohani rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, berilgan topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, shahar va tumanlar madaniyat boʻlimlari hamda madaniyat markazlari faoliyati, moddiy-texnika bazasining holati, jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari) ahvoli, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga rioya etish masalasi va boshqa jihatlarga alohida eʼtibor qaratmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash