O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining gastrol safari bo‘lib o‘tmoqda

24 Oct, 2023 - 20:10
232
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining gastrol safari bo‘lib o‘tmoqda

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Talabalar va yosh tomoshabinlar uchun ‘’Bir qizning to‘rt oshig‘i’’ spektakli namoyish etildi. 

Bosh rollardan birini ijro etgan Mars Nuriddinov qardosh xalqlar mushtaraligi haqida so’zladi:

“Tatar xalqi yozuvchisi To‘fon Minnulin qalamiga mansub ushbu asar ilk bor 2010 yilda teatrimizda sahnalashtirilgan. Qiziqarli komediyani Toshkent shahar gastroliga tanladik. Chunki mazkur asar qoraqalpoq millatiga yaqin. Undagi qiziqarli voqealar va kulgili hazillar yosh tomoshabinlar qalbidan joy oladi. Spektakil qardosh xalqlarimiz do‘stligi va ahilligining yorqin namunasidir!”

‘’Bir qizning to‘rt oshig‘i’’ spektakili tomoshabinlar tomonidan katta olqishlar bilan kutib olinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash