San’at va madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir

26 Oct, 2023 - 09:31
234
San’at va madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Madaniyatni yanada rivojlantirish maqsadida keyingi paytda bir qancha muhim  qaror va farmoyishlar ham qabul qilindi. 

Bugungi kunda ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida respublika bo‘ylab lektoriy konsert dasturlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati bo‘linmasi “Buxorcha” ashula va raqs ansambli ijodiy jamoasi tomonidan yangi o‘quv yilidan boshlab, bugungi kunga qadar 70 dan ortiq lektoriy konsert dasturlari viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktabilarida yuqori saviyada tashkil etib kelinmoqda.


Shuningdek, viloyatdagi barcha ta’lim muassasalarida o‘quv yili so‘ngiga dovur qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash