“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida yosh ijodkorlarni kashf etish borasida ijodiy yig'ilish hamda ustoz-shogird an'analari asosida kasting bo‘lib o‘tdi

26 Oct, 2023 - 13:04
262
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida yosh ijodkorlarni kashf etish borasida ijodiy yig'ilish hamda ustoz-shogird an'analari asosida kasting bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari B. Ahmedov boshchiligida o‘tkazilgan mazkur ijodiy jarayonda bugungi kunda san'at va madaniyat rivoji uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilayotgani, sohaga kirib kelayotgan yoshlarning mana shu imkoniyatlardan unumli foydalanishlari va o‘z iste'dodlarini yuzaga chiqarish yo‘lida muntazam harakat qilishlari alohida ta'kidlandi. 

Shuningdek, vazirning birinchi o‘rinbosari yosh iste'dodlarni kashf etish va ularning ijodini yuzaga chiqarish uchun madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan doimiy ravishda manzilli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotganini va buning natijasida ko‘plab iqtidorli yoshlar kashf qilinib, o‘z muxlislariga ega bo‘layotganini ma'lum qildi. 
Shundan so‘ng, muassasa tomonidan saralangan bir qator yosh ijrochilar O‘zbekiston xalq artistlari Abduhoshim Ismoilov, Ismoil Jalilov, Mansur Toshmatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurashid Yo‘ldoshev, bastakor Shuhrat Zokirov kabi san'atkorlar hamda soha mutaxassislari qarshisida jonli ravishda kuylab, iqtidorlarini namoyon etdi. Mazkur kasting jarayonida ustoz ijodkorlar ishtirokchilarning yutuq va kamchiliklari, sahna madaniyati va ijro borasidagi ko‘nikmalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, iqtidori jihatidan e'tirof etilgan ijrochilarni saralab olishdi. 

Kasting yakunida saralangan yosh iste'dod egalariga kelgusida yangi asarlar yaratishlari, ijodlarini yuzaga chiqarishlari hamda yurtimizdagi turli madaniy tadbirlarda ishtirok etishlari  uchun “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan bir qator imkoniyatlar yaratilishi bildirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash