Chilonzor tumani madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi

26 Oct, 2023 - 14:56
342
Chilonzor tumani madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, vazirlik tizimidagi barcha madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda. Vazir o‘rinbosari Murodjon Madjidov boshchiligadi ishchi guruh Toshkent shahridagi Chilonzor tumani madaniyat bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek,  tumanda madaniyat sohasida amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. O‘rganish jarayonida bo‘lim tasurrufidagi madaniyat markazlari faoliyati, xodimlarning hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi hamda ijodiy faoliyat samarorligi ko‘rib chiqildi. Chilonzor tumani madaniyat bo‘limi xodimlariga madaniyat sohasini yanada rivojlantirishga doir tavsiyalar berdi. 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash