Xitoy - O‘zbekiston do‘stlik munosabatlari yangi bosqichda

27 Oct, 2023 - 13:36
357
Xitoy - O‘zbekiston do‘stlik munosabatlari yangi bosqichda

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda "Xitoy madaniyati kunlari" bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir Ikki mamlakatning qadimiy do‘stona munosabatlarining yana bir yangi bosqichini boshlab berishi bilan ahamiyatlidir.

Tadbir doirasida bugun O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar va ijodkorlarning delegatsiyasi akademiya faoliyati bilan tanishdi. 

Tadbirda akademiya talabalarining milliy raqslari namoyishi xorijiy mehmonlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. O‘z o‘rnida Xitoylik san’atkorlarning chiqishlari va kichik mahorat darsi bilan akademiya pedagog hamda talabalari uchun maktab vazifasini o‘tadi.

Tadbir so‘ngida ikki mamlakatning raqs san'atiga oid ijodiy hamkorligi bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash