Targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

27 Oct, 2023 - 18:19
343
Targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Madaniyat vazirligi tomonidan Bekobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, shuningdek, davlat tilida ish yuritish masalalariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Unda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari Komiljon Raximov so‘zga chiqib, mamlakatimizda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yish borasida keng qamrovli islohotlar olib borilayotganini ta’kidladi va sohaga oid asosiy tushunchalarning mazmun-mohiyatini targ‘ibot materiallari orqali tushuntirib berdi. “Qonun ustuvor, jazo muqarrar” tamoyili bosh mezon ekani va korrupsiya bilan bog‘liq qonunbuzilishi holatlariga keskin chora ko‘rilishi ta’minlanayotganiga alohida urg‘u berdi.  

Vazir maslahatchisi Shavkat Ortiqov ish yuritishda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish, xususan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq, ishlab chiqilayotgan barcha hujjatlar, ish qog‘ozlari, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida hamda imlo qoidalariga asosan to‘g‘ri yozilishini ta’minlash zarurligiga e’tibor qaratdi. Bu borada tegishli tavsiyalar berdi.

Tadbir doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasiga hissa qo‘shish maqsadida san’at maktabi hovlisiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.


 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash