Nafaqat hamkorlik, balki doʻstlik rishtalari ham mustahkamlanyapti

28 Oct, 2023 - 22:31
362
Nafaqat hamkorlik, balki doʻstlik rishtalari ham mustahkamlanyapti

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Xabaringiz bor, poytaxtimiz “Xitoy madaniyati kunlari”ga mezbonlik qilyapti. Shu munosabat bilan madaniyat kunlari ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi munosabatlar tarixi ming yilliklarga borib taqaladi. 

Qadimgi Buyuk Ipak yoʻli asrlar davomida mintaqa xalqlarining oʻzaro savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarida muhim rol oʻynagani ham barchamizga yaxshi maʼlum.
Bugungi kunda ikki mamlakat Yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan davlatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik maqomiga koʻtarilib, oliy darajadagi doimiy muloqotlar asosida barcha sohada jadal rivojlanib bormoqda.

Ishonchimiz komilki, bu kabi tadbirlar nafaqat ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalar, balki doʻstlik rishtalarini ham mustahkamlashda muhim koʻprik boʻlib xizmat qiladi.

Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash