Namanganda madaniyat markazi foydalanishga topshirildi

29 Oct, 2023 - 11:01
302
Namanganda madaniyat markazi foydalanishga topshirildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Davlatobod tumani Gulobod MFY hududida mukammal ta’mirdan chiqarilgan 7-son Turon madaniyat markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu markaz o‘ndan ortiq mahalladagi 70 ming 600 dan ziyod aholi bilan birgalikda tumandagi 28 ta mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun ham xizmat ko‘rsatadi.

300 o‘rinli tomosha zali, raqs, musiqa, estrada yo‘nalishlarida 10 dan ortiq to‘garaklarga 200 dan ziyod yoshlar jalb etiladi. Keyinchalik bu yerda muzey ham tashkil qilish rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash