Sirdaryo viloyatida “San’atkorlar bog‘i” barpo qilindi

29 Oct, 2023 - 12:02
362
Sirdaryo viloyatida “San’atkorlar bog‘i” barpo qilindi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Xabaringiz bor davlatimiz rahbari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi belgilab berilgan. Yiliga esa 200 mln tup daraxt va buta ko'chatlarini ekish rejalashtirilgan. Shu loyiha asnosida yurtimizning turli hududlarida ko'chat ekish ishlari olib borilmoqda. “Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim”- deydi davlatimiz rahbari.

Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi tassarufidagi barcha tashkilotlar bugun Guliston shahridagi 2-sonli “Bolalar musiqa va san’at” maktabi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida San’atkorlar bog'i barpo qilindi va 200 tup manzarali hamda mevali daraxtlar ekildi.

Bilamizki, daraxt zararli karbonat angidridni yutib, o'rniga kislorod ishlab chiqaradi va inson nafas olishiga yordam beradi. Shuning uchun ham daraxtlar hayotimizning bir qismiga aylanib qolgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash