Baxshichilik san’ati – umuminsoniy qadriyat

30 Oct, 2023 - 10:32
276
Baxshichilik san’ati – umuminsoniy qadriyat

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Baxshi deganda ko‘z o‘ngimizda soch-soqollari oqargan, biyron so‘zlovchi va hozirjavob, donishmand nuroniyning obrazi namoyon bo‘ladi. Yurtimizda berilgan e’tibor tufayli hozir baxshichilik san’ati festival va tanlovlarida tobora yosh yigitlar va hattoki qizlar ham do‘mbira chertib, doston va termalarni baralla kuylashmoqda. 

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyida “Baxshichilik san’ati yo‘nalishida yosh baxshi, oqin va jirov ijrochilari ko‘rik-tanlovi” doirasida “Baxshichilik san’atida an’anaviylik va zamonaviylik tamoyillari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Yurtimizda esa baxshichilik o‘z an’ana, maktab va istiqboliga ega san’atga aylandi. Ayniqsa, keyingi yillarda milliylikni teran anglash va yoshlarda milliy qadriyatlar bilan faxrlanish tuyg‘ularini mustahkamlash, vatanimiz hududi insoniyat madaniyatining ilk beshiklaridan bo‘lganligi dalillarini jahon hamjamiyatiga yetkazish g‘oyasi bevosita davlat rahbari tomonidan ilgari surilayotganligi esa tahsinga sazovordir.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash