Baxshichilik san’ati yo‘nalishida yosh baxshilar, oqinlar va jirov ijrochilari saralab olindi

30 Oct, 2023 - 11:56
274
Baxshichilik san’ati yo‘nalishida yosh baxshilar, oqinlar va jirov ijrochilari saralab olindi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Yurtboshimizning etibori tufayli, yurtimizdagi baxshilar ijodi yanada rivojlandi, yosh baxshilarimiz ko‘payishi uchun baxshilar maktabi ochildi. So‘ngi yillar mobaynida mamlakatimizda milliy madaniyatimiz va sanatimizni asrab-avaylash, taraqqiy ettirish, butun dunyoga namoyon etish, nufuzini yanada yuksaltirish, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy bilimlarini boyitish, shuningdek xalqimizning bebaho sanati bo‘lgan baxshichilik va dostonchilikni qayta tiklash, ommalashtirish, ilmiy jihatdan tadqiq va targʻib etish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 27-28 oktabr kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida Baxshichilik sanʻati yoʻnalishida yosh baxshilar, oqinlar va jirov ijrochilari respublika koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda yurtimizda ijod qilayotgan 17 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 50 nafarga yaqin isteʼdodli yosh baxshilar ishtirok etib, ularni malakali hakamlar hayʼati, jumladan xalq baxshilari hamda sohaning malakali mutaxassislari shaffof va oqilona baholab bordilar.

Yakuniy natijalariga koʻra 9 ta yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, Madaniyat vazirligining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash