Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri Turkiyada

02 Nov, 2023 - 10:02
315
Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri Turkiyada

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Turkiya Respublikasi Istanbul shahrida o‘tkazilgan 25 Xalqaro Istanbul qo‘g‘irchoq festivalida
Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi, N.Genjebekova tomonidan sahnalashtirilgan “Saroy ichidagi sehr” nomli teatrlashtirilgan tomoshasi bilan  ishtirok etdi.

Ushbu festival har yili dunyo bo’ylab qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari va muhlislari uchun eng nufuzli tadbirlardan biri hisoblanadi.
“Saroy ichidagi sehr” spektakli, qadimgi afsonalar va rivoyatlarni zamonaviy sahna san’ati orqali jonlantirishga asoslangan.

Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ushbu xalqaro maydonda o‘zining noyob san’atini namoyish etish orqali nafaqat milliy madaniyatimizni dunyoga tanitdi, balki xalqaro hamjamiyatda o‘zbek qo‘g‘irchoq teatri san’atining obro‘sini yanada oshirdi. 

Festival doirasida turli mamlakatlardan kelgan san’atkorlar bilan tajriba almashish, yangi hamkorlik aloqalarini o’rnatish va madaniy muloqotni kengaytirish imkoniyati yaratildi.
 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash