Ulug‘ hofizni yod etib...

03 Nov, 2023 - 09:57
303
Ulug‘ hofizni yod etib...

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Uning qo‘shiqlari kirib bormagan xonadon yo‘q edi. Yuzlab qo‘shiq muallifi va ijrochisi O‘zbekiston xalk artisti Tavakkal Qodirov xonadonida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi soha xodimlari tashrif buyurib ustoz ijod qilgan xonadon bilan yaqindan tanishdi. 

Hofizning farzandlari  Mamlakatxon va Ortiqxon Qodirovalar ustozga tegishli bo‘lgan noyob eksponatlarni maqom markazida tashkil etilgan Maqom sanati muzeyiga hadya etdilar.

Ma’lumki, Tavakkal Qodirov 1926 yilning 10 iyunida
Quva tumanining Sultonobod qishlog‘ida tavallud topgan.  Hofizning onalari To‘tibu xolaning aytishicha, sakkiz farzandini tug‘iliboq tuproqqa qo‘ygani bois, to‘qqizinchi farzandini ismini Tavakkal deb qo‘ygan ekan.  

Tavakkal Qodirov sermashaqqat hayot va ijod yo‘lini bosib
o‘tdi. Hofizning ijodiy faoliyatiga nazar tashlasak, o‘tgan asrning 50-yillarida yangi ovoz, yangi soz bilan nurli olamga shaxdam qadamlar bilan kirib keldi. Va, maqom san’ati tarixida o‘chmas iz hamda o‘lmas meros qoldirdi. Hofizning yorqin xotirasi qalblarda, u ijro etib ketgan betakror taronalarda mangu yashaydi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash