Surxondaryo san’at saroyida konsert dasturi o‘tkazildi

03 Nov, 2023 - 21:34
332
Surxondaryo san’at saroyida konsert dasturi o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Termiz shahridagi Surxondaryo san’at saroyida aholi va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda kayfiyatini ko‘tarish maqsadida viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan  konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbirni Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabining karnay-surnay va doirachilar jamoasi ochib berdi. Shuningdek, xalq cholg'ulari orkestri tomonidan kuy va qo'shiqlar ijro etildi.

Tadbirda  davomida Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabi, Respublika baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, O‘zbekiston davlat Filarmoniyasi Surxondaryo viloyat bo'limi, Termiz shahar 1-son madaniyat bo‘limi va O‘zbekkonsert DM Surxondaryo viloyati xonandalari o‘zlarining  kuy-qo‘shiqlarini ijro etishdi.
Konsert dasturi tomoshabinlarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash