“Bir safda bir kuchmiz!” loyihasi doirasida ko‘zi ojizlar uchun ziyorat tashkil etildi

04 Nov, 2023 - 10:28
297
“Bir safda bir kuchmiz!” loyihasi doirasida ko‘zi ojizlar uchun ziyorat  tashkil etildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Toshkent shahar Yakkasaroy tuman Madaniyat bo‘limi, Sergeli va Yangihayot tumanlararo Nogironlar jamiyati hamkorlikda “Bir safda bir kuchmiz!” loyihasi doirasida jamiyatimizdagi imkoniyati cheklanganlar uchun  Samarqand hamda Buxoro  viloyatlarining muqaddas qadamjolariga  ziyorat safarlari tashkil etildi.

Maqsad ularni  ruhiy va ijtimoiy holatini yaxshilash, imkoniyatlarini kengaytirish, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va muhabbatlarini mustahkamlashdir. 

Ziyoratchilar Samarqandda Imom al-Buxoriy, Shohi Zinda, Registon maydoni, Gur-Emir maqbarasi kabi joylarni, Buxoroda esa Buxoro minora, Po’i Kalon, Ismoiliy Somoniy, Chor-Bakr kabi joylarni ziyorat qildilar.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash