Qashqadaryo qo‘g‘irchoq teatri binosi foydalanishga topshirildi

04 Nov, 2023 - 15:04
314
Qashqadaryo qo‘g‘irchoq teatri binosi foydalanishga topshirildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5- yanvardagi “2018 — 2022-yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori bilan Qashqadaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri binosining yangi qurilishi teatr jamoasi uchun yanada quvonchli bo‘ldi. Mazkur binoning ochilishida Madaniyat vazirining o‘rinbosari Yusufjon Usmonov hamda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etishdi. 

Ushbu qo‘g‘irchoq teatri 1994-yilda viloyat musiqali drama teatri qoshida o‘z faoliyatini boshlagan. Teatr jamoasi o‘tgan yillar mobaynida yigirmaga yaqin yangi spektakllarni sahnalashtirib, bolajonlarga taqdim etdi. Respublika miqyosidagi ko‘plab tanlov va festivallarda ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar safidan joy egallashdi. 

Jamoada yana yangi-yangi imkoniyatlarni ishga solish, katta marralarni zabt etishga ishtiyoq yuqori. Biroq teatrning o‘z binosiga ega emasligi, turli moslashtirilgan binolarda ijarada turib faoliyat yuritayotgani ma’lum ma’noda jamoa imkoniyatlarini cheklayotgan edi. 

Qo‘g‘irchoq teatrining yangi binosida teatr jamoasining o‘z ijodiy faoliyatini amalga oshirishi hamda bolajonlar va ota-onalar spektakllarni miriqib tomosha qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Xususan, binoda 204 tomoshabinga mo‘ljallangan katta zali hamda 60 o‘ringa mo‘ljallangan kino teatr mavjud. Shuningdek eng so‘ngi zamonaviy texnikalar bilan jixozlangan ovoz yozish studiosi, aktyorlar xonasi, oshxona, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi hamda xodimlar uchun ofis xonalari mavjud. Zamonaviy lift o‘rnatilgan. Binoning esa ikkinchi qavatida qo‘g‘irchoq teatri muzeyi tashkil etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash