Pyesalari tanlovi bo‘yicha yakuniy natijalar

08 Nov, 2023 - 15:05
1238
Pyesalari tanlovi bo‘yicha yakuniy natijalar

Jamoiatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”qarori hamda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” munosabati bilan vazirlikning tegishli buyrug‘iga asosan joriy yilning iyun oyida e’lon qilingan dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalar tanlovi yakuniga yetdi.

Tanlovga taqdim etilgan 45 ta sahna asarlari tajribali dramaturg, rejissor, san’atshunos va teatrshunos olimlardan tashkil topgan vazirlik huzuridagi zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalarni Baholash komissiyasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari tomonidan saralanib, g‘oliblar ovoz berish yo‘li orqali aniqlandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:
- Zamonaviy dramatik yo‘nalish bo‘yicha - birinchi va ikkinchi o‘rinlar ochiq qoldirilib, uchinchi o‘ringa Qo‘chqor Norqobilning “Osmon hamma gapni eshitadi” asari munosib deb topildi.
- Musiqali drama yo‘nalishi bo‘yicha - o‘ringa munosib asarlar kelib tushmagan.
- Qo‘g‘irchoq pyesalar yo‘nalishi bo‘yicha - birinchi va ikkinchi o‘rinlar ochiq qoldirilib, uchinchi o‘ringa Obid Ro‘ziboyevning “O‘rmon ertagi” asari munosib deb topildi.

Tanlov g‘oliblari belgilangan tartibda pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda zamonaviy dramatik yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etgan Shavkat Pardaevning “Payg‘ambar orol”, Go‘zaloy Matyoqubovaning “Men keldim, bobo”, Fotima Xolbozorovaning “Anorlar gullasa meni kut”, “Oshiq”, Ro‘ziboy Qulmatning “Yigit” asarlari davlat teatrlariga Badiiy kengashda ko‘rib chiqish uchun tavsiya etiladi. Erkin Norsafarning “Xiyobon” asari eksperimental ijodkorlik uchun munosib asar sifatida “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi hamda davlat teatrlariga tavsiya etiladi.

Qo‘g‘irchoq pyesalar yo‘nalishi bo‘yicha Shohida Omonning “Spetamen”, Karomat Dilmonovning “Tafakkur shami”, O‘zbektosh To‘raxonlining “Sakkizinichi xazina” asarlari qo‘g‘irchoq teatrlarining Badiiy kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etiladi.

Shuningdek, Dilnoza Istamovaning “Vizvizjon”, Sardor Safarovning “Yordam bering, professor” asarlari multiplikatsion filmlar studiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq ekanligi belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash