Yosh operachilar aniqlandi

08 Nov, 2023 - 16:45
360
Yosh operachilar aniqlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Alisher Navoiy nomidagi akademik drama teatrida Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tkazildi. 

Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda jami 33 nafar mahalliy va xorijiy davlatlardan kelgan opera solistlari, xalqaro tanlovlar sovrindorlari ishtirok etishdi. Tajribali soha vakillaridan iborat hakamlar hay’ati xulosalariga ko‘ra, 1-, 2- va 3- o‘rinlarning har biriga 2 nafardan ishtirokchi g‘olib deb topildi. 

G‘oliblar 1-o‘rin uchun 3000 AQSh dollari, 2-o‘rin 2000, 3- o‘rin 1500 AQSh dollari bilan taqdirlanishdi. 
Shuningdek, bir qator ishtirokchilar turli nominatsiya va rag‘batlantiruvchi mukofotlarga berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash