Turkiy davlatlar teatrlari direktorlarining IX-qurultoyi o‘tkazildi

09 Nov, 2023 - 11:00
365
Turkiy davlatlar teatrlari direktorlarining IX-qurultoyi o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Ozarbayjon respublikasining Shusha shahrida Xalqaro TURKSOY tashkiloti tomonidan “SHUSHA—2023-yilda TURK DUNYOSI MADANIYATI POYTAXTI”  nomli uchrashuv o‘tkazildi. Ozarbayjon respublikasi madaniyat vazirligi mezbonlik qilayotgan ushbu tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Moldova, shimoliy Kipr va Turkiya davlatlaridan tashrif buyurgan teatr direktorlari ishtirok etishdi. 

Shuningdek, TURKSOYga a’zo davlat teatrlarining o‘tgan yil teatr mavsumi davomidagi faoliyati haqida sarhisoblar, endilikda hamkorlikda amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar (ikki tomonlama shartnomalar, master-klasslar, festivallar va hk),  dramaturglarining asarlarini qardosh o‘lkalar teatr repertuarlariga olinishi, rassomlar hamda teatr rejissorlarining teatrlar o‘rtasidagi ikki tomonlama taklif qilinishi va yangi 2024-yil uchun hamkorlik ish rejalari masalalari ko‘rib chiqildi. 

Yig‘ilish yakunida esa TURKSOYga a’zo davlat teatrlari direktorlari kengashining kelgusi yilda o‘tkaziladigan X-qurultoyi haqida va unga qaysi davlat mezbonlik qilishi haqida takliflar bildirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash