Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘ldi

10 Nov, 2023 - 12:15
382
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘ldi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

O‘sib kelayotgan yosh avlod ongu shuuriga ezgulik va nafosat, estetik-ma'naviy kamolotga muhabbat tuyg'ularini singdirishda o'zbek milliy raqs san'atining o'rni hamda ahamiyati beqiyos. Milliy raqslarda xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, milliy an'analari ifodalanadi.

Xususan,  Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Tadjixanov Avazxon Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda barcha bo‘limlarini ko‘rib chiqdi, o‘quvchilar va pedagoglar bilan suhbatlashdi. 

Shuningdek, ilm maskanining ijodiy va xalqaro tanlovlar va festivallarda qo‘lga kiritilgan yutuqlari haqida gapirib o‘tdi. 
Mazkur maskanning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirish uchun Madaniyat vazirligi har qanday yordamga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, tashrif davomida ta’lim muassasasiga Sayimov Salim Sayimovichni direktor lavozimiga tayinlandi. Uning faoliyatiga kuch-quvvat, omad bildirgan holda, ushbu dargoh tomonidan erishilgan yutuqlar bardavom bo‘lishi ta’kidlandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash