Ikki O‘zbekistonlik ijodkor “Madaniyat ustasi” xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

10 Nov, 2023 - 14:28
339
Ikki O‘zbekistonlik ijodkor “Madaniyat ustasi” xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Culture Masters nodavlat tashkiloti Xalqaro  maslahat kengashining (IAC)  ikkinchi onlayn yig‘ilishida ikki O‘zbekistonlik  ijodkorlarga "Madaniyat ustasi" unvoni berildi. Bular O‘zbekiston xalq baxshisi  Baxshiqul Tog‘ayev va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mohichehra  Shomurodovalardir.

Ushbu  tashkilotining (Koreya Respublikasi) tashabbusiga binoan "Madaniyat ustasi" nomli dastur joriy yilning aprel oyida ta’sis etilgan bo‘lib, tashkilotning  Xalqaro maslahat kengashida  unvonga nomzodlar ilk bor ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, YUNESKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatlariga ham kiritilgan. O‘zbekiston xalq baxshisi "Madaniyat ustasi" Baxshiqul Tog‘ayev va Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSi dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist "Madaniyat ustasi" Mohichehra  Shomurodovalarni nufuzli xalqaro mukofot bilan tabriklaymiz!

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash