Kompozitorlar o‘rtasida “Milliy maqomlar asosida yaratilgan zamonaviy yo‘nalishdagi eng yaxshi asar” Respublika ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

14 Nov, 2023 - 10:53
442
Kompozitorlar o‘rtasida “Milliy maqomlar asosida yaratilgan zamonaviy yo‘nalishdagi eng yaxshi asar” Respublika ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek milliy maqom san’tini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash, maqom san’atini yanada rivojlantirish va zamonaviy bastakorlik ijodiyoti an’analariga singdirish, maqom yo‘llarida ijod qilib kelayotgan bastakorlar, kompozitorlar,  o‘zbek milliy musiqasini nazariy jihatdan o‘rganib, tadqiq etayotgan musiqashunoslarni kashf etish, hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida Madaniyat vazirligi tomonidan “Maqom yo‘llarida yaratilgan eng yaxshi asar”, kompozitorlar o‘rtasida “Milliy maqomlar asosida yaratilgan zamonaviy yo‘nalishdagi eng yaxshi asar” (kamer vokal va cholg‘u asarlar), musiqashunoslar o‘rtasida “Musiqashunoslar orasida maqom ilmi va ta’limiga oid eng yaxshi adabiyot” (monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma, nota to‘plami) Respublika tanlovi o‘tkazildi.

Maqsad bastakorlik an’analarining eng yorqin namunalari sifatida barcha milliy qadriyatlarimiz, xalqimizga xos bo‘lgan milliy an’analarimizni o‘z ohanglarida mujassam etgan durdona asarlar xisoblanadi, maqom yo‘llarida ijod qilayotgan bastakorlar, maqom san’ati ijrochilari tomonidan yaratilayotgan yangi asarlarni izlab topish, maqom ijrochilari uchun keng imkoniyat yaratish, maqom san’atini yanada ommalashtirish va targ‘ib etish asosiy vazifalardan biridir. 

Yurtboshimiz aytganlaridek, “Ma’naviyatimiz va ma’daniyatimizning asosi bo‘lmish ulug‘ maqom san’ati barcha san’atlar ichida millat rivoji uchun eng ahamiyatlisi bo‘lib qolaveradi”. Bu tanlov o‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish, maqom yo‘llaridagi namunalardan foydalanib ijod qilib kelayotgan kompozitorlar, ular tomonidan yaratilgan yangi asarlarni izlab topish, musiqa ijodkorlari va ijrochilar uchun keng imkoniyat yaratish, milliy maqom san’atining xalqaro nufuzini oshirish va keng targ‘ib qilish maqsad qilingan. 

Shuningdek, Bastakorlar o’rtasida “Maqom yo’llarida yaratilgan eng yaxshi asar” III Respublika ko’rik-tanlovi  bo‘yicha 

1-o‘rin — "Firoq" asari uchun RMSK o‘qituvchisi Tal'atbek To‘ychiyev, 

2-o‘rin — "Mo‘g‘ulchai Usmoniy" asari uchun O‘zMMSI o‘qituvchisi Sirojiddin Usmonov va "Savti izhor" asari uchun RMSK va O‘zMMSI o‘qituvchisi Abduqahhor Jalilov, 

3-o‘rin — "Bahor nashidasi" asari uchun O‘zMMSI dotsenti Abdulaziz Xasanov, "Ауылласларым" asari uchun Ajiniyaz Paxratdinov hamda "Kuy" asari uchun Akmal Safarov.

Kompozitorlar o’rtasida “Milliy maqomlar asosida yaratilgan zamonaviy yo’nalishdagi eng yaxshi asarlar uchun 

1-o‘rin — kamer orkestri uchun yozilgan "Sharqona raqs" asari uchun O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Mirhalil Mahmudov, 

2-o‘rin — “Savti Suvora” ovoz va torli kvintet asari uchun O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Rustam Abdullayev hamda kamer ansambli uchun yozilgan "Tomosha" asari uchun O‘zMMSI o‘qituvchisi Viktor Xandamyan, 

3-o‘rin — "Отблески Востока" aralash kamer ansambl asari uchun Alim Mullayev, "Xiva Segohi" skripka, fortepiano va kamer orkestriga yozilgan asari uchun Ulug‘bek Karimov hamda "Fantaziya" fortepiano triosiga yozilgan asari uchun esa Akmal Safarov.


Musiqashunoslar orasida maqom ilmi va ta’limiga oid nashr qilingan eng yaxshi adabiyot ko‘rik tanlovi bo‘yicha 

1-o‘rin — “Berta Davidova" nomli monografik ocherklar, "Bastakorlik ijodiyoti” xrestomatiyasi, “Mumtoz musiqa ijro uslublari” monografiyasi uchun san’atshunoslik fanlari nomzodi, O‘zMMSI professori Soibjon Begmatov, 

2-o‘rin — “An'anaviy o‘zbek musiqasi” va “Основы узбекской традиционной музыки” darsliklari uchun san’atshunoslik fanlari doktori, O‘zDK professori Rustambek Abdullayev hamda “O‘zbek mumtoz musiqasida nazira an’analari” monografiyasi uchun san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zDK dotsenti Chinora Ergasheva,

 3-o‘rin — “Manbashunoslik” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi uchun san'atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zDK dotsenti Baxtiyor Ashurov hamda “Vokal san'ati: an’anaviy xonandalik”, “Na’tnavislik va na’tnavozlik” o‘quv qo‘llanmalari uchun RMSK va O‘zMMSI o‘qituvchisi Abduqahhor Jalilovlar tadbir so‘ngida diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash