“Bag‘rikeng diyor” nomli fotoko‘rgazma o‘tkazildi

15 Nov, 2023 - 12:45
403
“Bag‘rikeng diyor” nomli fotoko‘rgazma o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

BMT Bosh assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997-yildan buyon 16 noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Shuningdek, Toshkent Fotosuratlar uyida “Bag‘rikeng diyor” nomli fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Maqsad yurtimizda diniy erkinlik va millatlararo munosabatlarning barqarorligini keng jamoatchilikka yana bir bor namoyish etish va shu qadriyatlarni saqlab rivojlantirishdir.  

                                                                                         

Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi, Toshkent fotosuratlar uyi xodimlari, milliy madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Ko‘rgazmaning tatanali ochilish marosimida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Zulxaydar Sultonov tomoshabinlar diqqatiga havola etilayotgan foto asarlarda yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik aks ettirilganini ta’kidlab, mazkur tadbir jamiyatimizdagi turli millat va elatlar, diniy konfessiya vakillari hamda ko‘pmillatli xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlab rivojlantirishga, O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan 60 ga yaqin foto asarlar mamlakatimizdagi dinlararo bag‘rikenglik muhiti haqida so‘zlaydi. 

Foto asarlarda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi hamda O‘zbekistonda mavjud yirik diniy konfessiyalar rahbarlarining o‘zaro do‘stona aloqalari, mamlakatimiz poytaxtidagi turli diniy tashkilotlar, ibodatxonalar jumladan, rus pravoslav cherkovi, nemis Yevangel-lyuteran cherkovi, Rim katolik cherkovi, Yahudiylar diniy jamoasi vakillari va a’zolari ishtirokidagi turli diniy marosimlar, bayram va tantanalar, diniy urf-odatlarni namoyish etuvchi  suratlari namoyish etilgan.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi maslahatchisi Olim Narzullayev, «Slavutich» Respublika ukrain madaniyat markazi raisi Vladimir Boyko, O‘zbekiston Bibliya jamiyati prezidenti Sergey Ternovoy, Rus pravoslav cherkovi ruhoniysi  Sergey Stasenko, Arman apostol cherkovi ruhoniysi Aoamis Grigoryan hamda Budda cherkovi ruhoniysi Anton Jumchugovlar mazkur ko‘rgazmaning mazmun-mohiyati va kelajak avlodlar uchun tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr bildirishdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash