Fargʻonada ham Sanʼatkorlar bogʻi barpo etildi

15 Nov, 2023 - 12:57
302
Fargʻonada ham Sanʼatkorlar bogʻi barpo etildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Fargʻona viloyati hokimligi, Fargʻona viloyati madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida Fargʻona viloyati madaniyat boshqarmasi boshligʻi Jahongir Tojiboyev boshchiligida viloyatdagi madaniyat va sanʼat soha vakillari hamda yoshlar  ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida Fargʻonalik madaniyat va sanʼat soha vakillari, jumladan Fargʻona ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi, maqom internati, madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va sanʼat maktablari xodimlari tomonidan, 130 dan ortiq daraxtlar ekilib, sanʼatkorlar bogʻi tashkil etildi. 

Ijodkorlardan Oʻzbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Qilichbek Tojiyev, Oʻzbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzosi Murodjon Kamoliddinov, soha fidoyilari Abdumajid Abduvahobov, Asilbek Xudoynazarov va Ulugʻbek Mamadjonovlar kabi soha vakillari ushbu loyiha davomida oʻz jonbozliklarini koʻrsatdilar. 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash