“O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida Xalqaro press-klub sessiyasi o‘tkazildi

17 Nov, 2023 - 11:45
368
“O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida Xalqaro press-klub sessiyasi o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

BMT Bosh assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sanani bizda, O‘zbekistonda nishonlash ham yaxshi an’anaga aylangan. 
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qator tashkilotlar bilan birga  Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab  Bag‘rikenglik haftaligi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Media markazida, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida Xalqaro press-klub tashkil etildi.

Sessiya ishida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi - Rustambek Kurbanov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari - Davronbek Maxsudov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari - Furqat Jurakulov, Respublika tojik milliy madaniy markazi raisi - Gulandon Subxanovalarning axborotlari eshitildi.

Tadbirda Qo‘mita raisi, R.Kurbanov “Respublikamizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat Prezidentimizning millatlararo munosabatlar sohasida olib borayotgan siyosatini qo‘llab-quvvatlab kelib, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib keladi”, -dedi. 

Millatlararo munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha 1917-yildan beri 40 tadan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilingani ta’kidlandi. Xususan, 2019-yil 15-noyabrda Prezidentimiz Farmonlari bilan Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining qabul qilinishi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirishga zamin yaratilganini ta’kidladi.

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi 2017-2023-yillarda Qo‘mita ko‘magida davlat tomonidan milliy madaniy markazlarni qo‘llab-quvvatlash uchun jami 40 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilganini aytib o‘tdi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari – D.Maxsudov har yili “16-noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuni” tadbirlari an’anaviy tus olgani, bu yildan “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta’sis etilgani, Xalqaro bag‘rikenglik kuni arafasida yurtimizda bag‘rikenglik muhitini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan turli diniy konfessiyalar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillariga berilishini e’tirof etib o‘tdi.

Spikerlar mamlakatimizda olib borilayotgan  millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik  siyosatiga yuqori baho berib yurtimizda keng nishonlanadigan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar xalqlarimiz orasidagi do‘stlik rishtalarining  rivoj topishiga, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenlik munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

Sessiya ishida O‘zbekiston rus madaniy markazi raisi T.Alimxodjayeva, O‘zbekiston Ukrain milliy madaniy markazi raisi V.Boyko, Respublika Turkman madaniyat markazi G.Avezdurdiyeva va diniy konfessiya vakillari o‘z fikrlarini bildirishdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash