18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

18 Nov, 2023 - 11:02
389
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan. Xususan, ajdodlarimiz yurt bayrogʻini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, koʻz qorachigʻidek saqlaganlar.

Biz uchun ham bayrog‘imiz tariximiz, g‘ururimiz, shon-sharafimiz ramzi, ezgu intilishlarimiz va ertangi kunimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir. 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi. 

Jonajon Vatanimiz bayrog‘i hamisha yuksaklarda hilpirayversin!

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash