O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodiy jamoasi nufuzli xalqaro teatr san’ati festivali g‘olibiga aylandi!

18 Nov, 2023 - 16:25
335
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodiy jamoasi nufuzli xalqaro teatr san’ati festivali g‘olibiga aylandi!

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

5–15-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari xalqaro teatr san’ati festivali o‘tkazildi.

Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlarning teatr jamoalari ishtirok etdi.

Quvonarlisi, festival doirasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Farengeyt” spektakli ikkita nominatsiya bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Jumladan, mazkur sahna asari “Eng yaxshi zamonaviy spektakl” sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, spektaklning bosh rol ijrochisi, talaba Azimbek Sharipov "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash