“Oltin kuz” I xalqaro kamer va simfonik musiqa festivalining ochilishiga bag'ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

19 Nov, 2023 - 09:00
303
“Oltin kuz” I xalqaro kamer va simfonik musiqa festivalining ochilishiga bag'ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Turkmanistondan kelgan mohir sozandalar ijrosida konsert dasturlari bo'lib o'tdi. 
Joriy yilning 18-noyabrdan 23-noyabr kuniga qadar Toshkent shahrida ilk bor “Oltin kuz” I xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali bo‘lib o‘tadi. 

Bu O‘zbekistonda yana bir muhim voqelikka aylanishi shubhasiz. Festivalda nafaqat yurtimiz, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi turli davlatlardan ham ijodkorlar va musiqachilar ishtirok etadi. Toshkent shahridagi katta sahnalar O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta va organ zallarida, “Turkiston” san’at saroyi sahnasida skripka, violonchel, pianino ijrochilari, dirijyorlar va hamda orkestr jamoalari o'z san’atlarini namoyish qiladilar. 

Maqsadi – xalqaro toifadagi barcha yetakchi orkestrlar va ijrochilar o‘rtasida do‘stona munosabatlar hamda o‘zaro tajriba almashinuvini ta’minlashdir. Gʻarb va sharq mamlakatlarining klassik musiqasini namoyon etishda ushbu festivalning o‘rni beqiyos. 

Taklif etilgan kamer orkestr va yakka ijrochilar o‘zlarining repertuarlaridan o‘rin olgan durdona asarlarni mohirona ijrolari bilan O‘zbekistonda namoyish etishi katta maktab vazifasini o‘taydi. 

Har bir festival - yangi yulduzlar, yangi nomlar, yangi taasurotlar, keng axborot va musiqa bilan muloqotning ajoyib bir shaklini hosil qiladi. Uning ishtirokchilari turli xorijiy davlatlardan kelishiga qaramay, ular yagona – musiqa tilida so‘zlashadi. Bu millat tanlamas tildir. 

Albatta, ushbu xalqaro musiqa festivali tomoshabinlar orasida ham, professionallar orasida ham e’tirofga sazovor bo‘ladi. Chunki festival doim bayram, yorqin musiqiy jilolar va iste’dodli nomlarning kaleydoskopi hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash