Toshkent shahridagi unvonga ega bo‘lgan jamoalar uchun navbatdagi ijodiy sinov tashkil etildi

19 Nov, 2023 - 15:59
269
Toshkent shahridagi unvonga ega bo‘lgan jamoalar uchun navbatdagi ijodiy sinov  tashkil etildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tizimida jami 57 ta unvonga ega bo‘lgan jamoalar faoliyat olib boradi. Mazkur jamoalar so‘ngi bor 2020-yilda ijodiy sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, barcha jamoalar uchun keyingi yilgi 3 yillik faoliyati uchun sertifikatlar taqdim etilgan. 

Bu yilgi sinov jarayonlari o‘tgan yilgilaridan tubdan farq qilib, respublika komissiyasi tomonidan ijodiy jamoalarning 2021, 2022 va 2023-yillar uchun tuzilgan repertuarlari hamda jamoa faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar ham alohida o‘rganildi. 

Jamoalar tarkibida ijodkorlarning ijro mahorati, badiiy saviyasiga ham alohida urg‘u berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash