Ta'ziya

20 Nov, 2023 - 09:42
359
Ta'ziya

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli suxandon O‘tkir Siddiqov 78 yoshida vafot etdi

O‘tkir Siddiqov faoliyati davomida 260 dan ortiq turli shahar va mamlakatlardagi gastrol safarlarida boshlovchilik qilib, 8 mingga yaqin tadbirlada ishtirok etgan.

O‘tkir Siddikov konsert dasturlarida Alisher Navoiy, Nodirabegim singari mumtoz adabiyotimiz vakillarining sher va g‘azallarini, Zulfiyaxonim, Xamid Olimjon, Uyg‘un, Turob To‘la, Shuxrat, Akmal Po‘lat, Abdulla Oripov, Erkin Voxidov, Po‘lat Mo‘min, Jumaniyoz Jabborov, Muxammad Yusuf, Normurod Narzullayev, Bobur Bobomurod, Dmitriy Polinen, Farida Afruz va boshqa ko‘plab zamondosh shoirlarimiz asarlaridan namunalarini nihoyatda yuksak badiiy mahorat bilan ijro etgan.

O‘tkir Siqddiqov 1945-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutining drama va kino aktyorligi yo‘nalishini tamomlagan. U 1968-yildan “Shodlik” ashula va raqs ansamblida ishlay boshlagan.  U 1996-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni, 2017-yilda esa “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 

Madaniyat vazirligi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash