Gastrol boshlandi

20 Nov, 2023 - 13:59
307
Gastrol boshlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga gastrol  safari boshlandi.

Bugun Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida jamoa koʻtarinki ruhda tantanalar bilan kutib olindi. Mazkur gastrolda oʻzbek va qoraqalpoq xalqining uzoq yillik doʻstlik anʼanalari bardavomligi, shuningdek, sanʼatsevar ikki xalqning oʻzaro qardoshlik munosabatlari tarannum etilmoqda.

Qoraqalpoq yosh tomoshabinlari uchun “Bolakay va Madagaskar” shou-tomoshasi taqdim etildi. Inssenirovka muallifi va rejissyor Zafar Asqarov, rassom Ruslan Rahmatullin, musiqa tanlovchi Bahodir Zokirov.

Mazkur spektakl zamonaviy uslubda sahnalashtirilgan boʻlib, unda zamonaviy qahramonlar ishtirokida shoʻx musiqiy taronalar, raqslar va turli oʻyinlar taqdim etiladi.

Gastrol safari 22-noyabrga qadar davom etadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash