Taziya

21 Nov, 2023 - 14:38
312
Taziya

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Kulgu qiroli deb tan olgan, so‘z ustasi Yusufjon qizik Shakarjonov nomidagi Respublika Askiya va qizikchilik san’ati markazi asoschisi, Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti Sherayev Mamasiddiq Qamchiboyevich 77 yoshida vafot etdi.

1999-yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
2021-yil Do‘stlik ordeni sohibi.

1972-1975-yil - Sirdaryo musiqali teatrida 2-tofali aktyor   
1975-1977-yil. - Farg‘ona o‘zbek teatrida drama artisti    
1979-1986-yil - “Nurxon” xalq teatrida rejissor  
1986-1987-yil - Toshloq tuman Madaniyat bo‘limida badiiy rahbar   
1987-1993-yil. - Farg‘ona shahar “Neftchi” klubida kinooprerator   
2006-2016-yil. - “Muxammasidiq askiyasi” xususiy korxona rahbari   
2016-2020-yil. - Marg‘ilon shahar Madaniyat bo‘limida to‘garak rahbari lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, 2020-yildan hozirgi vaqtgacha Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Madaniyat vazirligi marhumning yaqinlari, oila a’zolari va hamkasblariga chuqur taziya izhor etadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash